Tub kodli seyf

Masala #622 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Seyf faqat tub kodni qabul qiladi (tub son - 1 dan katta va faqat 1 ga hamda o'ziga bo'linadigan son). Egasi q ta kodni sinab ko'rmoqchi. Har bir kod uchun seyf uni qabul qiladimi, aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda q (1 ≤ q ≤ 20). Keyingi q qatorning har birida bittadan kod x (1 ≤ x ≤ 1012).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har kod uchun alohida qatorda YES (tub) yoki NO (tub emas).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.