Ko'p qavatli uy
Masala #615 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Uyning har bir podyezdida f ta qavat, har qavatda k ta xonadon bor. Xonadonlar 1 dan boshlab ketma-ket raqamlangan: 1-podyezdning 1-qavatida 1, 2, …, k, 2-qavatida k + 1, …, 2k va hokazo. Podyezdning oxirgi qavatidan keyin raqamlash keyingi podyezdning 1-qavatidan davom etadi. Podyezdlar yetarlicha ko'p.
Pochtachi x-xonadonga xat olib keldi. U nechanchi podyezdga va nechanchi qavatga chiqishi kerak?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uchta son: k, f va x (1 ≤ k, f ≤ 109, 1 ≤ x ≤ 1018).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikki son: podyezd raqami va qavat raqami (ikkalasi ham 1 dan sanaladi).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.