So'z o'yini

Masala #680 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

O'yinda s so'zining harflarini istalgan tartibda qayta joylashtirib, har xil so'zlar (ma'noli bo'lishi shart emas) hosil qilish kerak. Masalan, «ana» so'zidan uchta har xil so'z chiqadi: «ana», «naa», «aan».

Nechta har xil so'z hosil qilish mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda kichik lotin harflaridan iborat s so'zi (1 ≤ |s| ≤ 20).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda har xil so'zlar sonini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.