Bayroq chiziqlari

Masala #662 · murakkablik 9% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Maktab bayramiga bayroq tikiladi: u yuqoridan pastga k ta gorizontal chiziqdan iborat. Ustaxonada n xil rangli mato bor. Har chiziq bitta rangda, barcha chiziqlar har xil rangda bo'lishi kerak.

Necha xil bayroq tikish mumkin? Bayroqni ag'darib bo'lmaydi: yuqori chizig'i qizil, pastki ko'k bayroq bilan yuqori ko'k, pastki qizil bayroq - har xil.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n va k (1 ≤ k ≤ n ≤ 20).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bayroqlar sonini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.