Maktabga yo'l

Masala #670 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shahar ko'chalari to'g'ri to'rtburchak to'r hosil qiladi: r ta gorizontal va c ta vertikal ko'cha, ular kesishgan joylar - chorrahalar. Aziz uyi chap yuqori (1, 1) chorrahada, maktabi o'ng pastki (r, c) chorrahada. Aziz har qadamda qo'shni chorrahaga faqat o'ngga yoki pastga yuradi.

Maktabga necha xil yo'l bilan borish mumkin? Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiqda chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda r va c (1 ≤ r, c ≤ 1000).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda yo'llar soni mod (109 + 7).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.