Konfet taqsimoti
Masala #676 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bayramda tarbiyachi n ta bir xil konfetni k nafar bolaga tarqatadi. Barcha konfetlar tarqatilishi kerak va har bir bola kamida m ta konfet olishi kerak. Bolalar har xil: «Aliga 2, Valiga 1» va «Aliga 1, Valiga 2» - har xil taqsimot.
Necha xil taqsimot bor? Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiqda chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n, k, m (0 ≤ n ≤ 1000, 1 ≤ k ≤ 1000, 0 ≤ m ≤ 1000).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda taqsimotlar soni mod (109 + 7).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.