Omborxona qulfi
Masala #652 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Omborxonaning raqamli qulfi uzunligi n bo'lgan paroldan iborat. Parolning har o'rni uch turdan biri bo'ladi:
L- o'rinda kichik lotin harfi turadi (26 xil);D- o'rinda raqam turadi (10 xil);A- o'rinda harf ham, raqam ham turishi mumkin (36 xil).
Parol shabloni berilgan. Shu shablonga mos keladigan har xil parollar soni nechta?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uzunligi n bo'lgan shablon satri (1 ≤ n ≤ 12): faqat L, D va A belgilaridan iborat.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda mos keladigan parollar sonini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.