Sirli do'st

Masala #663 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Sinfda n nafar o'quvchi «Sirli do'st» o'ynamoqchi. Har bir o'quvchi aynan bitta sinfdoshiga sovg'a beradi va aynan bitta sovg'a oladi. Hech kim o'ziga sovg'a bera olmaydi.

Sovg'alar taqsimotini toping: har i-o'quvchi kimga sovg'a beradi. Taqsimot mavjud bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n (1 ≤ n ≤ 105).

Chiquvchi ma'lumotlar

Taqsimot bor bo'lsa, n ta son a1, …, an: i-o'quvchi ai-o'quvchiga sovg'a beradi (ai ≠ i, barcha ai har xil). Bo'lmasa - bitta son -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.