Sovg'a to'plami

Masala #671 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Do'konda n xil esdalik sovg'asi bor, har biridan bittadan. Mehmon bir nechta sovg'ani to'plam qilib oladi: to'plamda kamida L ta va ko'pi bilan R ta sovg'a bo'lishi kerak. To'plamda tartib ahamiyatsiz; L = 0 bo'lsa, bo'sh to'plam ham hisoblanadi.

Nechta har xil to'plam tuzish mumkin? Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiqda chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n, L, R (0 ≤ L ≤ R ≤ n ≤ 1000).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda to'plamlar soni mod (109 + 7).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.