Toq sonlar uchburchagi
Masala #673 · murakkablik 17% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Paskal uchburchagi quyidagicha yoziladi: 0-qatorda bitta 1; har keyingi qator chetlarida 1, ichidagi har son esa ustidagi ikki sonning yig'indisi:
1
1 1
1 2 1
1 3 3 1
1 4 6 4 1Rassom uchburchakning dastlabki n ta qatorini (0-qatordan n − 1-qatorgacha) chizib, har bir toq sonni qizilga bo'yamoqchi. Nechta son qizil bo'ladi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n (1 ≤ n ≤ 3000).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda toq sonlar sonini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.