Bekatdagi yo'lovchilar

Masala #705 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shahar chetidagi bekatga n ta yo'lovchi keladi. i-yo'lovchi ti-daqiqada keladi va ko'pi bilan wi daqiqa kutadi: avtobus ti-daqiqadan ti + wi-daqiqagacha (ikkala chegara ham kiradi) jo'nasa, yo'lovchi unga chiqib ketadi. Avtobus juda katta - bekatda turgan hamma yo'lovchi sig'adi. Dispetcher avtobuslarni istalgan butun daqiqada jo'nata oladi.

Hamma yo'lovchini olib ketish uchun eng kamida nechta avtobus jo'natish kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105). Keyingi n qatorning har birida ti va wi (0 ≤ ti, wi ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - avtobuslarning eng kam soni.

Izoh

1-namuna izohi. Yo'lovchilar [1, 3], [2, 7], [4, 5] va [8, 8] daqiqalarda jo'nagan avtobusga chiqadi. Avtobuslar 3-, 5- va 8-daqiqada: 1- va 2-yo'lovchi 3-daqiqada, 3-si 5-da, 4-si 8-da ketadi. Ikkita avtobus yetmaydi: 1-, 3- va 4-yo'lovchining vaqtlari umuman kesishmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.