Ekskursiya guruhlari

Masala #723 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Muzeyga n ta bola ekskursiyaga keldi, i-bolaning yoshi ai. Gid bolalarni guruhlarga bo'ladi: har bola aynan bitta guruhda, guruhdagi eng katta va eng kichik yoshlar farqi D dan oshmasligi kerak (guruh hajmi cheklanmagan). Har guruhga alohida gid kerak.

Eng kamida nechta guruh tuziladi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va D (1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ D ≤ 109), ikkinchi qatorda n ta son ai (1 ≤ ai ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - guruhlarning eng kam soni.

Izoh

1-namuna izohi. Guruhlar {2, 4, 5}, {7, 10} va {12}: har birida yoshlar farqi 3 dan oshmaydi. Ikki guruh yetmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.