Kutubxona javoni
Masala #714 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kutubxonachi uzun javonga n ta kitob qo'yadi. Javondagi joylar eshikdan boshlab 1, 2, …, n deb raqamlangan, har joyga bitta kitob. p-joydagi kitobni olish uchun p qadam yuriladi. i-kitob bir haftada fi marta so'raladi va har so'rovda kutubxonachi eshikdan yuradi.
Kitoblarni shunday joylashtiringki, bir haftadagi jami qadamlar eng kam bo'lsin. Shu eng kam sonni chiqaring (qaytish yo'li hisobga olinmaydi).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son fi (1 ≤ fi ≤ 106).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam jami qadamlar.
Izoh
1-namuna izohi. 5 marta so'raladigan kitob 1-joyda, 2 martalik 2-joyda, 1 martalik 3-joyda: 5·1 + 2·2 + 1·3 = 12 qadam.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.