Shifokor qabuli
Masala #703 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Poliklinikada bitta shifokor ishlaydi. Unga n ta bemor yozilgan: i-bemorning qabuli si-daqiqada boshlanib, ei-daqiqada tugaydi. Shifokor bir vaqtda faqat bitta bemorni qabul qiladi; qabul tugagan daqiqada keyingisi boshlanishi mumkin. Yozuvlar daftarda tartibsiz turibdi.
Shifokor hamma bemorni yozilgan vaqtida qabul qila oladimi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105). Keyingi n qatorning har birida si va ei (0 ≤ si < ei ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
HA - hech qaysi ikki qabul kesishmasa, aks holda YO'Q.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.