Chegirma kuponlari

Masala #694 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Nodira do'kondan n ta mahsulot oladi, i-sining narxi ai so'm. Uning k ta chegirma kuponi bor. Kupon bitta mahsulot narxini ikki baravar kamaytiradi: narx a bo'lsa, kupon bilan ⌊a / 2⌋ so'm to'lanadi (yarmi butun bo'lmasa, pastga yaxlitlanadi). Bitta mahsulotga ko'pi bilan bitta kupon ishlatiladi, kuponlarning hammasini ishlatish shart emas.

Hamma mahsulotni olish uchun eng kamida necha so'm kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k (1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ k ≤ n), ikkinchi qatorda n ta narx (1 ≤ ai ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam to'lov.

Izoh

1-namuna izohi. Kuponlar 10 va 7 so'mlik mahsulotlarga ishlatilsa: 5 + 3 + 3 + 4 = 15 so'm.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.