Kurash bellashuvi

Masala #689 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ikki sport maktabi o'rtasida kurash bellashuvi o'tadi. Har maktabdan n tadan kurashchi keldi. Bizning i-kurashchining kuchi ai, raqib maktabning j-kurashchisi kuchi bj. Har kurashchi aynan bitta bellashuvga chiqadi: jami n ta juftlik, har juftlikda bizdan bitta va raqibdan bitta kurashchi. Bellashuvda kuchi qat'iy katta kurashchi yutadi; kuchlar teng bo'lsa, hech kim yutmaydi.

Juftliklarni bizning murabbiy tuzadi va u raqiblarning kuchini oldindan biladi. Bizning maktab eng ko'pi bilan nechta bellashuvda g'alaba qozona oladi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105), ikkinchi qatorda n ta son ai, uchinchi qatorda n ta son bj (1 ≤ ai, bj ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - g'alabalarning eng ko'p soni.

Izoh

1-namuna izohi. Masalan, 4 kuchli kurashchimiz 3 ga, 7 lik - 5 ga, 10 lik - 8 ga qarshi chiqsa, uchalasi yutadi; 1 kuchli kurashchimiz 9 ga qarshi chiqib yutqazadi. 4 ta g'alaba bo'lmaydi: raqibning 9 ini faqat 10 yengadi, shunda 8 ni yengadigan kurashchi qolmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.