Uy vazifalari
Masala #713 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Sardorga n ta uy vazifasi berildi. i-vazifani bajarish ti soat oladi va uni di-soatgacha topshirish kerak (vaqt hozirdan, 0-soatdan sanaladi). Sardor 0-soatdan boshlab vazifalarni birin-ketin, tanaffussiz bajaradi: boshlangan vazifa tugamaguncha keyingisiga o'tmaydi. Tartibni o'zi tanlaydi. i-vazifa Ci-soatda tugasa, uning kechikishi max(0, Ci − di) soat.
O'qituvchi faqat eng ko'p kechikkan vazifaga qaraydi. Shu eng katta kechikish imkon qadar kichik bo'lsin. Uning eng kichik qiymatini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105). Keyingi n qatorning har birida ti va di (1 ≤ ti ≤ 109, 1 ≤ di ≤ 1015).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta kechikishning eng kichik qiymati (kechikish bo'lmasa, 0).
Izoh
1-namuna izohi. Tartib: 2-vazifa (0-1 soat, muddati 2), 1-vazifa (1-3 soat, muddati 4), 3-vazifa (3-6 soat, muddati 9). Hech biri kechikmaydi, javob 0.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.