Navbat va hisob

Masala #712 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bu ikki bosqichli masala: dasturingiz har testda ikki marta, bir-biridan mustaqil ishga tushiriladi.

Kassa oldida n ta mijoz turibdi, i-mijozga xizmat ti daqiqa oladi. Mijozning kutishi - undan oldin xizmat olganlarning vaqtlari yig'indisi.

1-bosqich (navbatchi). Jami kutish eng kam bo'ladigan tartibni tuzing va mijozlar raqamlarini shu tartibda chiqaring. Bir nechta shunday tartib bo'lsa, istalganini chiqaring.

2-bosqich (hisobchi). Dastur mijozlarning xizmat vaqtlarini 1-bosqichda tuzilgan navbat tartibida oladi va jami kutishni hisoblaydi.

Tekshirish tartibi. Avval 1-bosqich chiqishi tekshiriladi: 1 dan n gacha har raqam bir martadan, jami kutish eng kam. So'ng vaqtlar shu tartibda 2-bosqichga beriladi; uning javobi eng kam jami kutishga teng bo'lishi kerak.

2-bosqich namunasi. 1-namunada 1-bosqich 2 3 1 ni chiqardi. Ikkinchi ishga tushirish kirishi:

hisob
3
1 3 5

chiqishi: 5.

Kiruvchi ma'lumotlar

1-bosqich: birinchi qatorda tartib, ikkinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105), uchinchi qatorda n ta son ti (1 ≤ ti ≤ 106).

2-bosqich: birinchi qatorda hisob, ikkinchi qatorda n, uchinchi qatorda n ta xizmat vaqti navbat tartibida.

Chiquvchi ma'lumotlar

1-bosqich: bitta qatorda n ta mijoz raqami (1 dan) xizmat tartibida.

2-bosqich: bitta son - jami kutish.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.