Lotereya chiptasi

Masala #692 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Lotereya chiptasiga n ta raqamdan iborat kod s bosilgan. Sovrin olish uchun chiptadan aynan k ta raqamni o'chirish kerak; qolgan raqamlar o'z tartibida yonma-yon yoziladi va hosil bo'lgan son - sovrin miqdori. Masalan, 4123 dan bitta raqam o'chirilsa, 123, 423, 413 yoki 412 chiqadi.

Eng katta sovrin olish uchun qaysi raqamlarni o'chirish kerak? Hosil bo'ladigan eng katta sonni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k (1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ k < n). Ikkinchi qatorda n ta raqamdan iborat satr s (u 0 bilan boshlanishi ham mumkin).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n − k ta raqam - eng katta son. Boshida nollar bo'lsa, ular ham chiqariladi (javob doim aynan n − k belgidan iborat).

Izoh

1-namuna izohi. 1 va 2 raqamlarini o'chirsak, 4375 qoladi. Boshqa ikki raqamni o'chirish kichikroq son beradi: masalan 4 va 1 ni o'chirsak, 2375.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.