Robot batareyasi

Masala #717 · murakkablik 36% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Omborda ishlaydigan robot n ta topshiriqni bajarishi kerak, tartibni o'zi tanlaydi. i-topshiriqni boshlash uchun batareyada kamida ri birlik quvvat bo'lishi kerak, bajarib bo'lgach esa batareyadan ci birlik sarflangan bo'ladi (ci ≤ ri). Ish davomida batareya zaryadlanmaydi.

Robot hamma topshiriqni bajara olishi uchun ish boshida batareyada eng kamida qancha quvvat bo'lishi kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105). Keyingi n qatorning har birida ri va ci (1 ≤ ci ≤ ri ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - boshlang'ich quvvatning eng kichik qiymati.

Izoh

1-namuna izohi. Avval 1-topshiriq: kamida 5 kerak, 1 sarflanadi, 4 qoladi. Keyin 2-si: kamida 3 kerak, 4 bor. Teskari tartibda boshida kamida 8 kerak bo'lardi (3 sarflangandan keyin yana 5 qolishi kerak).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.