Yuk mashinasi reyslari
Masala #721 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Omborda n ta yuk qatorga terilgan, i-yukning og'irligi ai kg. Yuk mashinasi bir reysda ko'pi bilan K kg olib ketadi. Yuklar faqat qatordagi tartibda ortiladi: oldingi yuk ketmaguncha keyingisini olib bo'lmaydi. Demak bir reysda qatorda ketma-ket turgan bir nechta yuk ketadi.
Hamma yukni olib ketish uchun eng kamida nechta reys kerak?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va K (1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ K ≤ 109). Ikkinchi qatorda n ta son ai (1 ≤ ai ≤ K).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - reyslarning eng kam soni.
Izoh
1-namuna izohi. Reyslar: [4, 5], [3, 7], [2]. Birinchi reysga 3 sig'maydi (4 + 5 + 3 = 12 > 10).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.