Yo'lda yoqilg'i
Masala #718 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Haydovchi 1-shahardan n-shaharga boradi. Shaharlar bitta yo'l bo'yida ketma-ket joylashgan, qo'shni shaharlar orasi 1 km, mashina har kilometrga 1 litr yoqilg'i sarflaydi. Bak juda katta - istalgancha yoqilg'i sig'adi. Yo'lga chiqishda bak bo'sh. Har shaharda yoqilg'i shoxobchasi bor: i-shaharda 1 litr pi so'm.
Manzilga yetish uchun yoqilg'iga eng kamida necha so'm sarflanadi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105), ikkinchi qatorda n ta son pi (1 ≤ pi ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam xarajat.
Izoh
1-namuna izohi. 1-shaharda 1 litr (5 so'm) - 2-shaharga yetish uchun, 2-shaharda 2 litr (2·2 = 4 so'm) - oxirigacha. Jami 9 so'm.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.