Kino festivali

Masala #702 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kino festivalida bir kunda bitta zalda n ta film namoyish etiladi: i-film si daqiqada boshlanib, ei daqiqada tugaydi. Jasur filmlarni boshidan oxirigacha ko'rmoqchi, bir vaqtda ikkita filmni ko'rib bo'lmaydi. Film tugagan daqiqada boshlanadigan boshqa filmga ulgurish mumkin.

Jasur eng ko'pi bilan nechta filmni to'liq ko'ra oladi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105). Keyingi n qatorning har birida si va ei (0 ≤ si < ei ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - filmlarning eng ko'p soni.

Izoh

1-namuna izohi. [1, 4] va [4, 6] filmlarini ko'rish mumkin: birinchisi 4-daqiqada tugaydi, ikkinchisi shu daqiqada boshlanadi. Uchala film birga bo'lmaydi: [2, 5] qolgan ikkalasi bilan kesishadi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.