Guruh belgisi
Masala #740 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bu ikki bosqichli masala: dasturingiz har testda ikki marta, bir-biridan mustaqil ishga tushiriladi.
Maktabda n o'quvchi va m juft do'st bor (do'stlik ikki tomonlama). Do'stlik zanjiri bilan bog'langan o'quvchilar bitta guruhda. Ikkinchi ishga tushirish do'stliklarni ko'rmaydi - unga faqat birinchisi chiqargan sonlar yetkaziladi.
1-bosqich (encode). Kirishda o'quvchilar va do'stliklar. Har o'quvchiga bitta belgi - 1 dan n gacha son yozing (bitta qatorda n ta son).
2-bosqich (decode). Kirishda n, sizning belgilaringiz va q ta savol: «a va b bir guruhdami?». Har savolga alohida qatorda YES yoki NO chiqaring. Savollarni hakam tanlaydi: n(n − 1)/2 ≤ 300 bo'lsa, barcha a < b juftliklar o'sish tartibida.
Namuna (bitta test, ikki ishga tushirish):
| Bosqich | Kirish | Chiqish |
|---|---|---|
| 1 | encode 4 2 1 2 3 4 | 1 1 3 3(masalan) |
| 2 | decode 4 1 1 3 3 6 1 2 1 3 1 4 2 3 2 4 3 4 | YES NO NO NO NO YES |
Kiruvchi ma'lumotlar
1-bosqich: encode; n va m (1 ≤ n ≤ 5000, 0 ≤ m ≤ 104); m qatorda do'st juftlik u v (u ≠ v). 2-bosqich: decode; n; n ta belgi; q (0 ≤ q ≤ 300); q qatorda a b (a ≠ b).
Chiquvchi ma'lumotlar
1-bosqich: aynan n ta son, har biri 1 dan n gacha (aks holda «Noto'g'ri javob»). 2-bosqich: q qatorda YES yoki NO.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.