Arxipelag bo'ylab sayohat
Masala #734 · murakkablik 9% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Arxipelagda n ta orol va m ta ikki tomonlama ko'prik bor: har ko'prik ikki orolni bog'laydi. Sayyohlik agentligi «istalgan oroldan istalgan orolga faqat ko'priklar orqali borish mumkin» deb reklama qilmoqchi.
Reklama to'g'rimi? Ya'ni har bir juft orol uchun bittasidan ikkinchisiga ko'priklar bo'ylab (oraliq orollar orqali ham) borsa bo'ladimi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 5000, 0 ≤ m ≤ 104). Keyingi m qatorda ko'prikning ikki uchi u va v (u ≠ v, ko'priklar takrorlanmaydi).
Chiquvchi ma'lumotlar
YES - reklama to'g'ri, aks holda NO.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.