Dala atrofidagi panjara

Masala #750 · murakkablik 10% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Fermer xo'jaligining xaritasi n × m kataklarga bo'lingan, har katak 1 × 1 metr: # - poliz, . - bo'sh yer. Mollar polizga kirmasligi uchun fermer panjara o'rnatadi: poliz katagining har bir tomoni bo'sh yerga yoki xarita chetiga qarab tursa, o'sha tomonga 1 metr panjara kerak. Ikki poliz katagi orasidagi umumiy tomonga panjara kerak emas.

Jami necha metr panjara kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 500). Keyingi n qatorda m ta belgidan iborat satr (# yoki .).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - panjara uzunligi (metrda).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.