Do'stlik guruhlari

Masala #735 · murakkablik 14% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Maktabda n o'quvchi va m juft do'st bor (do'stlik ikki tomonlama). Agar a bilan b do'st, b bilan c do'st bo'lsa, ular bir guruhga kiradi: xabar do'stlar orqali zanjir bo'ylab bir-biriga yetib boradi. Do'stlari yo'q o'quvchi yolg'iz o'zi guruh.

Nechta guruh bor va eng katta guruhda nechta o'quvchi bor?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 5000, 0 ≤ m ≤ 104). Keyingi m qatorda do'st juftlik u va v (u ≠ v, juftliklar takrorlanmaydi).

Chiquvchi ma'lumotlar

Ikki son: guruhlar soni va eng katta guruhdagi o'quvchilar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.