Robot buyruqlari

Masala #754 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Ombor rejasi n × m kataklardan iborat: . - bo'sh katak, # - javon, S - robot turgan katak, E - yuk olinadigan katak. Robot buyruqlar satrini bajaradi: U - tepaga, D - pastga, L - chapga, R - o'ngga bir katak. Robot javonga kirmasligi va rejadan chiqmasligi kerak.

Robotni S dan E ga olib boradigan buyruqlar satrini tuzing. Satr eng qisqa bo'lishi shart emas, faqat uzunligi n·m dan oshmasin. Olib borib bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 300). Keyingi n qatorda m ta belgidan iborat satr. S va E bittadan va ular har xil kataklarda.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qator: U, D, L, R harflaridan iborat, uzunligi 1 dan n·m gacha bo'lgan satr (bajarilgach robot E da turadi), yoki -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.