Ikki smena
Masala #745 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Zavodda n ta ishchi bor va ish ikki smenada olib boriladi. Ba'zi ishchilar bir-biri bilan chiqisha olmaydi: shunday m ta juftlik ma'lum va har bir juftlikdagi ikki ishchi turli smenada ishlashi kerak.
Har bir ishchini 1- yoki 2-smenaga taqsimlang. Bir nechta to'g'ri taqsimot bo'lsa, leksikografik eng kichigini chiqaring: ikki taqsimotni 1-ishchidan boshlab solishtiramiz va birinchi farq qilgan ishchi 1-smenada bo'lgan taqsimot kichikroq. Taqsimlab bo'lmasa, -1 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105). Keyingi m qatorda chiqisha olmaydigan ikki ishchi u va v (u ≠ v).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son (1 yoki 2) - ishchilarning smenalari, yoki bitta son -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.