Istalgan yo'l

Masala #738 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Tog'li hududda n ta qishloq va m ta ikki tomonlama so'qmoq bor. Cho'pon s-qishloqdan t-qishloqqa so'qmoqlar bo'ylab bormoqchi. Yo'l eng qisqa bo'lishi shart emas, lekin bitta qishloqdan ikki marta o'tmasin.

Shunday yo'lni toping. Yo'l bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, s, t (1 ≤ n ≤ 5000, 0 ≤ m ≤ 104, 1 ≤ s, t ≤ n). Keyingi m qatorda so'qmoqning ikki uchi u va v (u ≠ v, takrorlanmaydi).

Chiquvchi ma'lumotlar

Yo'l bor bo'lsa: birinchi qatorda yo'ldagi qishloqlar soni k, ikkinchi qatorda k ta qishloq raqami yurish tartibida (birinchisi s, oxirgisi t, hammasi har xil, qo'shnilari so'qmoq bilan bog'langan). s = t bo'lsa javob 1 va s. Yo'l bo'lmasa - bitta son -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.