Gaplasha oladigan uylar
Masala #739 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Tog' qishlog'ida n ta uy bor. Ba'zi uylar orasiga m ta ichki telefon simi tortilgan. Ikki uy egasi o'zaro gaplasha oladi, agar ularning uylari simlar zanjiri orqali (oraliq uylar orqali ham) bog'langan bo'lsa.
Qishloqda o'zaro gaplasha oladigan juft uylar nechta? Juftlik tartibsiz: (a, b) va (b, a) bitta juftlik, uy o'zi bilan juftlik hosil qilmaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 5000, 0 ≤ m ≤ 104). Keyingi m qatorda simning ikki uchi u va v (u ≠ v, simlar takrorlanmaydi).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - gaplasha oladigan juft uylar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.