Labirintdan chiqish

Masala #758 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Labirint n × m kataklardan iborat: . - bo'sh katak, # - devor, S - siz turgan katak, E - chiqish. Bir qadamda tepa, past, chap yoki o'ng qo'shni bo'sh katakka (yoki E ga) o'tish mumkin; devorga va labirintdan tashqariga o'tib bo'lmaydi.

S dan E gacha eng kamida nechta qadam kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 500). Keyingi n qatorda m ta belgidan iborat satr. S va E bittadan.

Chiquvchi ma'lumotlar

Eng kam qadamlar soni, yetib bo'lmasa - -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.