Eng qisqa marshrut
Masala #747 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
Mamlakatda n ta shahar va m ta ikki tomonlama yo'l bor. Yo'lovchi 1-shahardan n-shaharga eng kam sondagi yo'lni o'tib borishi kerak.
Shunday eng qisqa marshrutning o'zini chiqaring. Borib bo'lmasa, -1 deb yozing.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (2 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105). Keyingi m qatorda yo'lning ikki uchi u va v (u ≠ v).
Chiquvchi ma'lumotlar
Marshrut bor bo'lsa: birinchi qatorda o'tiladigan yo'llar soni k, ikkinchi qatorda marshrutdagi k + 1 ta shahar (birinchisi 1, oxirgisi n). Yo'q bo'lsa - bitta son -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.