O'rmon yong'ini

Masala #763 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

O'rmon n × m kataklarga bo'lingan: . - o'tloq, # - tosh (yonmaydi), F - hozir yonayotgan katak. Har daqiqada yonayotgan har bir katakdan olov tepa, past, chap, o'ng qo'shni o'tloq katakka o'tadi.

Barcha o'tloq kataklar yonib bo'lishi uchun eng kamida necha daqiqa kerak? Ba'zi o'tloq katakka olov hech qachon yetib bormasa, -1 deb yozing. O'tloq katak umuman bo'lmasa - 0.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 500). Keyingi n qatorda m ta belgidan iborat satr. Kamida bitta F bor.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - kerakli daqiqalar soni yoki -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.