Yo'llar ro'yxatini qisqartirish
Masala #762 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bu ikki bosqichli masala: dasturingiz har testda ikki marta, bir-biridan mustaqil ishga tushiriladi.
Tumanda n ta qishloq va m ta ikki tomonlama yo'l bor. Xarita juda katta, uni to'liq jo'natish qimmat: ikkinchi ishga tushirishga faqat birinchisi tanlagan yo'llar yetkaziladi.
1-bosqich (encode). Kirishda qishloqlar va yo'llar. Yo'llardan ko'pi bilan n − 1 tasini tanlab chiqaring: birinchi qatorda soni k, keyin k qatorda yo'lning ikki uchi. Har tanlangan yo'l kirishdagi yo'llardan biri bo'lishi shart.
2-bosqich (decode). Kirishda n, k, sizning k ta yo'lingiz va q ta savol: «asl xaritada a dan b ga yo'llar bo'ylab borsa bo'ladimi?». Har savolga alohida qatorda YES yoki NO chiqaring. Savollarni hakam tanlaydi: n(n − 1)/2 ≤ 300 bo'lsa, barcha a < b juftliklar o'sish tartibida.
Namuna (bitta test, ikki ishga tushirish):
| Bosqich | Kirish | Chiqish |
|---|---|---|
| 1 | encode 4 4 1 2 2 3 1 3 3 4 | 3 1 2 2 3 3 4(masalan) |
| 2 | decode 4 3 1 2 2 3 3 4 6 1 2 1 3 1 4 2 3 2 4 3 4 | YES YES YES YES YES YES |
Kiruvchi ma'lumotlar
1-bosqich: encode; n va m (1 ≤ n ≤ 5000, 0 ≤ m ≤ 104); m qatorda yo'l u v (u ≠ v, takrorlanmaydi). 2-bosqich: decode; n k; k qatorda yo'l; q (0 ≤ q ≤ 300); q qatorda a b (a ≠ b).
Chiquvchi ma'lumotlar
1-bosqich: k (0 ≤ k ≤ n − 1) va k ta asl yo'l, aks holda «Noto'g'ri javob». 2-bosqich: q qatorda YES yoki NO.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.