Shaxmat oti
Masala #753 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
To'garakda shaxmat taxtasiga o'xshash n × m maydon chizilgan: . - bo'sh katak, # - unga figura qo'yib bo'lmaydigan katak, S - ot turgan katak, E - otni olib borish kerak bo'lgan katak.
Ot «G» harfi shaklida yuradi: bir yo'nalishda 2 katak, so'ng unga perpendikulyar 1 katak (yoki aksincha) - jami 8 xil yurish. Ot oraliq kataklar ustidan sakrab o'tadi, faqat tushadigan katak maydon ichida va # emas bo'lishi kerak.
Otni S dan E ga eng kamida nechta yurishda olib borish mumkin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 500). Keyingi n qatorda m ta belgidan iborat satr. S va E bittadan.
Chiquvchi ma'lumotlar
Eng kam yurishlar soni, olib borib bo'lmasa -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.