Borib-qaytish
Masala #743 · murakkablik 17% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Eski shahar ko'chalari tor, shuning uchun hammasi bir tomonlama: n ta chorraha va m ta ko'cha, har ko'cha u chorrahadan v chorrahaga olib boradi.
Taksi haydovchisi yo'lovchini s chorrahadan olib, t chorrahaga eltib qo'yadi va yana s ga qaytib keladi. Jami eng kamida nechta ko'cha bosib o'tiladi? Borish yoki qaytish imkonsiz bo'lsa, -1 chiqaring. s = t bo'lishi mumkin - unda hech qayerga borish shart emas, javob 0.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, s, t (1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105, 1 ≤ s, t ≤ n). Keyingi m qatorda ko'cha: u va v (u ≠ v) - ko'cha u dan v ga.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam ko'chalar soni yoki -1.
Izoh
1-namuna izohi. Borish: 1 → 3 (1 ta ko'cha). Qaytish: 3 dan 1 ga to'g'ridan-to'g'ri ko'cha yo'q, eng qisqasi 3 → 4 → 1 (2 ta). Jami 3.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.