Qorong'i g'or

Masala #736 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.

G'or n ta zaldan iborat, ba'zi zallar ikki tomonlama yo'lak bilan bog'langan. Xarita yo'q: faqat so'ralgan zaldan qaysi zallarga yo'lak borligini bilish mumkin. 1-zaldan yo'laklar bo'ylab (oraliq zallar orqali ham) nechta zalga yetib borish mumkin? 1-zalning o'zi ham sanaladi.

Muloqot. Boshida hakam bitta qatorda n ni yuboradi. Keyin:

Savollar soni ko'pi bilan n. Har qatordan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()). Noma'lum zalni so'rash, n tadan ko'p savol yoki noto'g'ri k - «Noto'g'ri javob».

Namuna muloqot (n = 5, yo'laklar 1–2, 2–3, 4–5):

DasturHakamIzoh
5n
? 11 21-zalning bitta qo'shnisi: 2
? 22 1 3yangi zal: 3
? 31 2yangi zal yo'q
! 3zallar 1, 2, 3

Kiruvchi ma'lumotlar

Boshida bitta son n (1 ≤ n ≤ 2000). Keyin har savolingizga javoban bitta qator: d va d ta son.

Chiquvchi ma'lumotlar

Savollar ? v ko'rinishida, oxirida bitta ! k.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.