Shahar qo'shnilari

Masala #727 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Mamlakatda n ta shahar va m ta ikki tomonlama yo'l bor: har yo'l ikki shaharni bevosita bog'laydi. Ikki shahar orasida ko'pi bilan bitta yo'l bor, yo'l shaharni o'zi bilan bog'lamaydi.

Navigatsiya uchun har bir shahardan bevosita boriladigan shaharlar ro'yxatini tuzing.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105). Keyingi m qatorda yo'lning ikki uchi u va v (1 ≤ u, v ≤ n).

Chiquvchi ma'lumotlar

n ta qator. i-qatorda avval i-shahardan chiqadigan yo'llar soni d, keyin d ta qo'shni shahar raqami o'sish tartibida. Yo'li yo'q shahar uchun - faqat 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.