To'g'ridan-to'g'ri reys

Masala #729 · murakkablik 11% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Aviakompaniya n ta shahar orasida m ta ikki tomonlama reys bajaradi: har reys ikki shaharni to'g'ridan-to'g'ri bog'laydi.

Kassaga q ta savol keldi: «a shahardan b shaharga oraliq qo'nishsiz uchib borsa bo'ladimi?» Har savolga javob bering.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m va q (1 ≤ n ≤ 1000, 0 ≤ m ≤ 5·104, 1 ≤ q ≤ 5·104). Keyingi m qatorda reysning ikki shahri u va v (u ≠ v, bir juftlik ikki marta berilmaydi). Keyin q qatorda savol: a va b (1 ≤ a, b ≤ n).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har savol uchun alohida qatorda YES yoki NO. a = b bo'lsa javob NO: shahardan o'ziga reys yo'q.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.