Uch og'ayni do'st
Masala #733 · murakkablik 23% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Mahallada n ta yigit bor, ulardan m juft o'zaro do'st (do'stlik ikki tomonlama). Mahalla oqsoqoli to'yga xizmat qilish uchun uch kishilik guruhlar tuzmoqchi. Guruhdagi uch kishining har ikkisi o'zaro do'st bo'lishi kerak.
Nechta xil shunday guruh tuzish mumkin? Ikki guruh kamida bitta a'zosi bilan farq qilsa, ular har xil; guruh ichidagi tartib ahamiyatsiz.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 500, 0 ≤ m ≤ 3·104). Keyingi m qatorda do'st juftlik u va v (u ≠ v, juftliklar takrorlanmaydi).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - guruhlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.