Qishloqlarni ulash
Masala #764 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
Tumanda n ta qishloq va m ta ikki tomonlama yo'l bor. Ba'zi qishloqlardan boshqalariga yo'l bilan borib bo'lmaydi. Hokim butun tumanni bog'lamoqchi: istalgan qishloqdan istalganiga yo'llar bo'ylab borish mumkin bo'lsin.
Eng kam sondagi yangi yo'llar ro'yxatini toping (yangi yo'l istalgan ikki qishloqni bog'laydi).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 5000, 0 ≤ m ≤ 104). Keyingi m qatorda yo'lning ikki uchi u va v (u ≠ v, yo'llar takrorlanmaydi).
Chiquvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda yangi yo'llar soni k. Keyingi k qatorda yangi yo'lning ikki uchi - ikki xil qishloq raqami (1 dan n gacha). Tuman allaqachon bog'langan bo'lsa - faqat 0.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.