Umumiy do'stlar

Masala #732 · murakkablik 17% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ijtimoiy tarmoqda n ta foydalanuvchi va m juft do'st bor (do'stlik ikki tomonlama). Tarmoq istalgan ikki kishining umumiy do'stlari sonini ko'rsatmoqchi.

q ta savol berilgan: a va b foydalanuvchilarning ikkalasiga ham do'st bo'lgan nechta foydalanuvchi bor?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m va q (2 ≤ n ≤ 1000, 0 ≤ m ≤ 2·104, 1 ≤ q ≤ 2000). Keyingi m qatorda do'st juftlik u va v (u ≠ v, juftliklar takrorlanmaydi). Keyin q qatorda savol: a va b (a ≠ b).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har savol uchun alohida qatorda bitta son - umumiy do'stlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.