Odam yashaydigan orollar
Masala #759 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ko'l xaritasi n × m kataklarga bo'lingan: . - suv, # - quruqlik, H - uy qurilgan quruqlik. Quruqlik kataklari (# va H) yon tomoni bilan (tepa, past, chap, o'ng) tegsa, bir orolga tegishli.
Har bir odam yashaydigan orolga (kamida bitta uyi bor orolga) qayiq bekati qurilmoqchi. Nechta bekat kerak?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 500). Keyingi n qatorda m ta belgidan iborat satr (., # yoki H).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - kamida bitta uyi bor orollar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.