Eng qisqa yo'l ustidagi shaharlar

Masala #748 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Mamlakatda n ta shahar va m ta ikki tomonlama yo'l bor. Yuk mashinalari 1-shahardan n-shaharga doim eng kam sondagi yo'l bilan boradi, lekin eng qisqa marshrutlar bir nechta bo'lsa, haydovchi istalganini tanlashi mumkin.

Yo'l bo'yiga yoqilg'i quyish shoxobchalari qurilmoqchi. Qaysi shaharlardan kamida bitta eng qisqa marshrut o'tadi? 1- va n-shaharlar ham hisobga olinadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (2 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105). Keyingi m qatorda yo'lning ikki uchi u va v (u ≠ v).

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda shunday shaharlar soni k, ikkinchi qatorda ularning raqamlari o'sish tartibida. 1-shahardan n-shaharga borib bo'lmasa - faqat bitta son 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.