Yarmarka rastalari
Masala #775 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Yarmarka maydoni n × m rastalardan iborat. i-qator, j-ustundagi rastadan o'tish uchun cij so'm to'lanadi. Xaridor yuqori chap rastadan pastki o'ng rastaga boradi, har qadamda bitta rasta o'ngga yoki pastga siljiydi. U o'tgan har bir rasta uchun to'laydi (birinchi va oxirgisi ham).
Xaridor eng kamida qancha pul to'laydi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 500). Keyingi n qatorning har birida m ta son cij (0 ≤ cij ≤ 1000).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam umumiy to'lov.
Izoh
1-namuna izohi. Yo'l: o'ngga, o'ngga, pastga, pastga. Rastalar 1, 3, 1, 1, 1 - jami 7.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.