Bog'dagi yo'l

Masala #778 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bog' n × m kataklardan iborat. Ba'zi kataklarda daraxt o'sadi (belgisi «#»), qolganlari bo'sh («.»). Bog'bon yuqori chap katakdan pastki o'ng katakka borishi kerak. Har qadamda u o'ngga, pastga yoki pastga-o'ngga (diagonal bo'yicha) bitta katak siljiydi va daraxtli katakka kira olmaydi.

Bog'bon necha xil yo'l bilan borishi mumkin? Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq ko'rinishida chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 1000). Keyingi n qatorning har birida m ta belgi «.» yoki «#». Boshlang'ich va oxirgi kataklar bo'sh.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - yo'llar soni, 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq (yo'l bo'lmasa - 0).

Izoh

1-namuna izohi. Markazda daraxt. 4 yo'l: o'ng-o'ng-past-past; past-past-o'ng-o'ng; o'ng, diagonal, past; past, diagonal, o'ng.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.