Ikki guruhga bo'lish

Masala #804 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sinfda n ta o'quvchi bor, i-o'quvchining kuchi ai. O'qituvchi ularni ikki jamoaga bo'lmoqchi (har o'quvchi aynan bitta jamoada; jamoa bo'sh bo'lishi mumkin). Jamoaning kuchi - a'zolar kuchlari yig'indisi.

Ikki jamoa kuchlari orasidagi farq (kattasidan kichigini ayirganda) eng kamida qancha bo'lishi mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 100), ikkinchi qatorda n ta son (1 ≤ ai ≤ 100).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - kuchlar orasidagi eng kichik farq.

Izoh

1-namuna izohi. Jamoalar {3, 2} va {1, 4}: kuchlari 5 va 5, farq 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.