Furgon yuki
Masala #784 · murakkablik 13% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Omborda n ta quti bor, i-qutining og'irligi wi kg. Furgon ko'pi bilan W kg yuk ko'taradi. Haydovchi qutilarning bir qismini shunday tanlamoqchiki, ularning umumiy og'irligi W dan oshmasin va iloji boricha katta bo'lsin. Qutini bo'lib bo'lmaydi: yo butunlay olinadi, yo olinmaydi.
Furgonga eng ko'pi bilan necha kg yuk ortish mumkin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va W (1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ W ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son wi (1 ≤ wi ≤ 105).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta umumiy og'irlik (hech bir quti sig'masa - 0).
Izoh
1-namuna izohi. 6 + 3 = 9 kg. Aynan 10 kg bo'ladigan qutilar to'plami yo'q, 9 dan og'iri esa 10 dan oshadi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.