Uch tugmali kalkulyator
Masala #773 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Eski kalkulyatorda faqat uchta tugma ishlaydi: «+1» (songa 1 qo'shadi), «×2» (sonni 2 ga ko'paytiradi) va «×3» (sonni 3 ga ko'paytiradi). Ekranda dastlab 1 soni turibdi.
Ekranda n sonini hosil qilish uchun tugmalar eng kamida necha marta bosilishi kerak?
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n (1 ≤ n ≤ 106).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - tugmalar bosilishining eng kam soni.
Izoh
2-namuna izohi. 1 → 3 → 9 → 10: «×3», «×3», «+1» - 3 bosish. Kamroq bosish bilan 10 ni hosil qilib bo'lmaydi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.